
Olamda o’zgarish bor, lekin qalbimda bir hol Yurakda bir fasl qish, har bir ishda malol Azali yo’q hamda ohiri ko’rinmas yo’l, lim zulmu zavol Istak sari hayotimning tarkibidagi, dardu g’am bilan Arang qo’zg’alaman manzillaringa Yarim qalb o’ksigan ko’ngil bilan intilaman visolinga Ko’zlarimning teranligida o’zga sayora Unutdim qay zamon qaysi vaqt Harakatim soddai rasvo bo’lish davogarligida Bilaman ki na bir taht na bir baht bor maning uchun o’zingsiz Yozdim man kuydim ham yuz parchaga bo’lindim Butun umr izlaganim uchun ham, nimani ko’rsam ham uni o’zing deb bildim Har vaqti sahar uchrashgani tayyor turaman Beor bedor va beozor so’zlagin aniq muntazirman Man o’zim deb emas, o’zingni deb yashayman Har vaqti sahar ko’zdan oqqan tomchilarimni sanab kaftimga tavbalarimni chorlab Oqaman suv kabi behol, bir qarab kuydiradigan zar nazaringni tilab Hayollarimdan o’tadi ming hil sodir bo’lishi mumkin bo’lgan hodisa Qalam yozar kunduzu oqshomimdagi nolalarimni, maning misoli qalandar Hayotim dunyoning orzu havaslaridan holi bo’lgan bir g’amgin asar Negadir eshtilmaysan, bemor holimni so’ragani keldi hamma Faqat o’zing kelmading holimni so’rab, nega? Vaqt o’tar ketar, ko’zlarim bedorligi bo’yi tonglarim otar So’zimda bugunda faqat g’amginlik, bo’sini borida borida negizi cheksiz mamnunlik Talpinaman yorib ko’pdan ko’pi kamida jami son sanog’i yo’q to’siqlarni Topaman deb surdim qo’llarim bilan bulutlarni, topdim faqat yulduzlarni Undan ortig’i emas, mayli gardanimga ilinsin olamlar og’irligi Man ahir roziman jamoling bo’sin evaz, esim pas emas Faqat yolg’izlikdan ba’zi tomim ketar, nari borsa holim battar Iltimos qilaman qo’lim tinmay yozgan hatlarimga to’htamay chorlaganimga Or qilmay so’ragan so’rog’imga, rasvoligimdan o’tib nazar sol, nazar sol
Песен-НИКИ
Загрузка...
Другие песни Шохрух
Все песни →Похожие песни

Бигасс
SODA LUV
Ничего личного
Русский рэп201975,445

Бандана
Платина
РНБ КЛУБ
Русский рэп201859,979

Свадебное путешествие
Александр Буйнов
Острова любви
Русская эстрада199954,906

Каспий жағалауы
Azamat
Поп200134,438

Шпилька-каблучок
Лолита
Анатомия
Русская эстрада201433,308

Девочка 2D
Dead Rave
Singles 15-17
Русский рэп201828,891

